Ish haqida
    
 
        Ushbu kartinada rassom turkiy xalqlarga xos personajni tasvirlaydi. Darvishlar o’ziga xos turmush tarziga ega, so'fiy tariqatlarining qashshoq, sargardon zohidlari sanaladi. Kartinada aynan shu obraz qiyofasi gavdalantirilgan. Darvishning yorqin boy ranglarda bo'yalgan libosi: olacha matosidan tikilgan to’n, eski, kichik salla, yelkaga osilgan tugun va uzun tirgak tayoq obrazni yaratishda yordamchi detallar hisoblanadi. Asosiy e’tibor uning yuz ifodasiga qaratiladi. Soch-soqollari oqargan qariya bo’lsada, nigohlari o’tkir va unda donolik aks etgan, Muallif ushbu obraz orqali darvishlarning g’ayrioddiy qiyofasini sharqona ruhda aks ettira olgan.
    
 
                Ish yaratilgan yil:
            
 
                1992
            
  
                Ishning o'ziga xosligi:
            
 
                O'ziga xos ish
            
  
                Bezatish:
            
 
                Ramka
            
  
                O'lcham:
            
 
                60x79
            
  
                Ishlar seriyasi:
            
 
                Portrait
            
  
                Shahar:
            
 
                Samarqand
            
  
                Toifa va usul:
            
 
                Moy bo'yoqlari, xolst