Ish haqida
13-19 asrlarda tasviriy san’at olamida fors miniaturasi juda mashhur bo’lgan. Ushbu asar ham aynan fors san’ati namunalaridan biri Sadiyning “Bo’ston” asariga ishlangan miniaturadan nusxa hisoblanadi. Kompozitsiya hayratlanarli tasviriy tizim asosida yaratilgan. Uning syujetida yosh, oshiq shahzoda sozandalar bilan tasvirlangan. Raqqosa dinamikasi, liboslardagi burmalar uning harakatlarini oldindan bashorat qiladi. Hech bir personaj tomoshabinga tik nigoh bilan qaramaydi. Kaloritda yorqin ranglar ishlatilsa, fonda tilla rangdan foydalanilgan. Ikki yon qismdagi maxsus joy arabiy, she’riy bitiklar uchun ajratilgan. Asar kompozitsiyasi biroz murakkab qilib yaratilgan. Unda nafis dekorativ tuyg'u ustunlik qiladi va asar tekis yuzada rang va shakllarni birlashtirib, yagona ritmik butunlikni yaratgan.