Ish haqida
Ushbu asar 16-asrda mashhur bo’lgan, hozirda Torontodagi Og‘a Xon muzeyida saqlanuvchi “Yosh zodagon va darvesh suhbatida” deb nomlangan miniatura nusxasi hisoblanadi. Asar kompozitsiasida ikki qarama-qarshi personajlar tasvirlangan. Kontrastlik ularning tashqi ko’rinishi va liboslari orqali bo’rttirib ko’rsatilgan. Ushbu mazara maishiy turmushdagi bir lahzani falsafiy jihatdan yorita olgan. Kaloritda yorqin ranglar va albatta fors miniaturasiga xos bo’lgan tilla rangdan foydalanilgan. Personajlar dinamikasi, manzara go’zalligi, tanlangan syujet asarga yengil ruh bera olgan. Ishlangan texnika esa miniatura san’ati yuqori darajada rivojlanganligini ko’rsatadi.