Hovuz yonidagi eski masjid
  • Moy bo'yoqlari, xolst
  • Ijodkor
  • Ramka
    Mavjud
  • O'lcham
    60x40
  • Narx
    13,000,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Maishiy janrda ishlangan ushbu kartina eski, biroq hali-xanuz viqorini yo’qotmagan inshoat haqida “so’zlaydi”. Asar ikki qismdan tashkil topgan bo’lib, birinchi qismda bir vaqtlar suv bilan to’lgan, ammo hozirda qurib qolgan hovuz o’rni tasvirlangan. Odatda bu kabi hovuzlar suv saqlash, ichish va namoz o’qish maqsadida kelgan musulmonlarga tahorat olish uchun foydalanilgan. Ikkinchi bo’lak asosiy qism bo’lib, unda eski, biroq o’z salobatini yo’qotmagan masjid binosi egallagan. Oddiy, kichik peshayvonli, hech qanday dekorativ bezaklarsiz qurilgan masjid binosi necha yillardan buyon mahalliy aholiga xizmat qilib kelgan. Uning devorlari qayta oqlangani, hovli yuzasida yam-yashil bargli daraxtlarning barq urishi, hovlining ozodaligi musulmonlarning unga bo’lgan hurmat va e’tiboridan darak beradi. Ijodkor masjidning dekorativ xususiyatlarini, o’ziga xos g'ayrioddiy shakllarni va atrofdagi landshaft bilan organik aloqani alohida chizgilarda aks ettirgan. Masjidning gumbazi va tom qismi yog’och yordamida qurilgan. Yo’lak bo’ylab terilgan yog’och ustunlar ham uning viqorini yanada oshirib ko’rsatgan. Rassom inshoatning sodda ko’rinishida o'ziga xos sabr va qat'iyat bilan bir-biriga bog'langan eng murakkab naqshlar, shaklning kichik, ammo ifodali detallari aniq va hatto masofaga yaqinlashmasdan uzatilishini mohirona tasvirlab bergan. Bu esa uning yuksak mahorat egasi ekanligidan dalolat berib turibdi.
  • Ish yaratilgan yil:

    2022

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Ramka

  • O'lcham:

    60x40

  • Ishlar seriyasi:

    Manzara

  • Shahar:

    Samarqand

  • Toifa va usul:

    Moy bo'yoqlari, xolst

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q