Ish haqida
Oʻzbekiston Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi Istiqlol manumenti qad ko’tardi. Monument balandligi 60 metr. U Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va bugungi kunini aks ettiruvchi barelyeflar bilan bezatilgan. Barelyeflar juda ko’p davrlarni va siymolarni o’zida mujassam etgan. Dastlab Kushon davrini ifodalab beruvchu Ayritomdan topilgan frizz, Kushon shaxzodasining boshi, Dalvarzin tepadan topilgan turli topilmalar asosida ochib berilgan. Undan so’ng IX-XII asrlardagi buyuk Uygʼonish – birinchi Renessans davri tasvirlangan. Bunda millatimizning birinchi yuksalish davri (birinchi renesans) buyuq tariximiz va dinlar shakllanish davri to’laqonli ochib berilgan. Ayniqsa matematik, astronom va geograf Muhammad al-Xorazmiy obrazi alohida jonli talqin eta olingan. Stellada aynan Аl-Xorazmiyning butun dunyo fanlari va xozirgi kun texnalogiyasiga ulkan hissasi ifodalangan releyf koʼrinishidagi badiiy bezakli ishlardan foydalanilgan. Аl-Xorazmiy (40 m2) Bir qaragandayoq Аl-Xorazmiy obrazi insonga matematika daxosining siymosini, uning aql zakovati va dunyo rivojiga qoʼshgan xissasini koʼrsatib bera olgan.
Millatimiz va Davlatchiligimiz tarixini anglatuvchi Аmir Temur barelyef markazida tasvirlangan. Markazda Amir Temur ot ustida bo’lib, uning ikki yonida ikki piri Shayx Shamsiddin kulol va Said Barakalar ifodalangan. Ular olg’a ot choptirib borishmoqda. Uning orqa qismida Jahongir gullab yashnashiga sabab bo’lgan go’zal shaxarlar aks etgan. Tarixdan maʼlumki mohir sarkarda, davlat arbobi, ilm-fan, madaniyat homiysi boʼlgan Аmir Temur millatimiz tarixida katta oʼringa ega boʼlgan tarixiy shaxslardan biridir. Hazrat sohibqiron markazlashgan davlatga asos soldi, uni har tomonlama mustahkamlab, rivojlantirib, shon-shuhratini butun jahonga yoydi, buyuk saltanatning hukmdori sifatida millatlar va halqlarni birlashtirdi.
Ikkinchi Renessansda — Ulugʻbek, Gʻiyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Behzod, buyuk meʼmorlar, bastakorlar, musavvirlar, tarixchilar chiqib, bugun ham dunyoni lol qoldirayotgan asarlar yaratdilar. Yurtimizni oʼtmish va yaqin tarixini anglatuvchi asarlar, jumladan mustaqillik davri hamda kelajakka intilish rejalari bilan ildamlab borayotgan "Yangi Oʼzbekiston" xayoti, uchinchi renensans davriga qadam qo’yishni anglatuvchi g’oyalarni ushbu reliyef o’z ichiga oldi.
Ish yaratilgan yil:
2021
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
all size
Ishlar seriyasi:
Relyef
Shahar:
Toshkent
Toifa va usul:
Polestr