Ish haqida
Kandakorlik san’ati uzoq davrlardan beri qo’llanilgan san’at turi bo’lib, qadimiyligi jihatidan kulolchilikdan so’ng ikkinchi o’rinda turadi. Asosan mis idishlarga o’yib ishlanadi. Ushbu lagan (bazan lali deb ham atash mumkin) qizil misdan ishlangan bo’lib, o’tga chidamli sanaladi. Markazda yulduz gul naqshi tushirilib, qadama uslubida yettita feruza tosh o’rnatilgan. Gardishi “Lola hoshiya” bilan bezatilgan. Zamini poʻlat qalam (asbob)lar yordamida sayoz oʻyilib, lok bilan bo’yalgan, pardozlangan. Oxirida parallel kesma chiziqlar bilan jilo berilgan, natijada mukammal ko’rinishdagi san’at asari yuzaga kelgan.
Ish yaratilgan yil:
2023
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
15x15 cm
Ishlar seriyasi:
Kandakorlik
Shahar:
Buxoro
Toifa va usul:
Metal:Latun
-
-
Zakaz asosida 20 kun ichida tayyorlab beriladi
Zakaz asosida 20 kun ichida tayyorlab beriladi