Ish haqida
Ushbu kartinada ishq kuychisi Boborahim Mashrabning tushi tasvirlanadi. Kartina kompozitsiyasida bir necha obrazlar yaratilgan. Asosiy qahramon Mashrab qiyofasi ishqdan sarhush, qo’llarida soz ushlagancha uyquga ketgan. Obraz figurasi xuddi kuylayotgan pozada: bir qo’l hiyol yuqoriga ko’tarilgan, tizzalar bukilib, bir oyoqning ikkinchisi ustiga chiqqan holda tasvirlangan. Libosi juda oddiy, ammo toza va harir. Atrofida farishtalar parvona. Biri bosh tomonida tasvirlanib, yuzlarida parda tortilgan, Mashrabning osuda uyquga ketishi uchun kuylayotgandek go’yo. Qolgan ikki personaj oyoq tomonida joylashtirilgan. Farishtalar oppoq qanotli, go’zal qiz qiyofasida ifodalansada, ular bir-biridan farq qiladi. Qo’shimcha detallar: bo’shab qolgan may idishi, kitob va patqalam shoirning oshiqligiga ishora qiladi. Bilamizki, Sharq adabiyotida Mashrab ilohiy ishq kuychisi, Ollohni nomini, ishqini kuylovchi shoirdir. Asar kompozitsiyasida rassom aynan shuni ko’rsatib berishga harakat qilgan. Rang-barang kalorit esa uning jozibadorligini oshirib, kartinaga romantik ruh bera olgan. Rassom kartinada estetik ruh va muhabbat iztiroblari, tanatografik motivlarini muqaddaslashtirish orqali shoirning ilohiy ishqini tomoshabinga yetkaza olgan.
Ish yaratilgan yil:
1980
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
41x32
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst