Ish haqida
Ushbu natryumort boshqa asarlardan o’ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Xususan, rassom kartina kompozitsiyasini aniq o'ylagan va har bir ob'ekt uchun to'g'ri joyni aniqlay olgan. Kartinani tasvirlashda ijodkor turli shakl va ko’rinishdagi kuvshin, eski uslubdagi lampa va olmalarni tanlaydi. Rassom ularni ideal qiyofada ya’ni yorqin ranglarda, pishgan, tekis va bir xil shaklda tasvirlaydi. Kuvshinlarning o’zgacha shakli ham natryumortni to’ldirib turibdi. Rassom ushbu mohirona yechim bilan rang va shaklning ajralmas bir butun ekanligini ko’rsata olgan. Asarning foni moviy baxmal, turli matolarda ifodalangan bo’lsada, asosiy mazmundan chalg’itmaydi. Tomoshabin natryumortda ifodalangan ranglarning boyligi, ichki soddaligi va shu bilan birga kundalik narsalarning ko'p qirraliligi bilan hayratga tushadi.
Ish yaratilgan yil:
2019
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
120x80
Ishlar seriyasi:
Natyurmort
Shahar:
Navoiy
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst
-
-
Bu asar yagona nusxada
Bu asar yagona nusxada