Ish haqida
Asar yoz manzarasining go’zalligi ta’riflaydi. Asosiy planda Oydin buloq manzarasi. Buloq suvi juda tiniq, yuzasi oyna kabi aks qaytarmoqda. Shuning uchun unga shunday nom berilgan. Buloq atrofidagi daraxtzor va qator uylar manzarani to’ldirib turibdi. Daraxtzor oralab qurilgan supa va unda o’tirgan obrazlar asarni yanada jonlantirgan. Rassom tabiatning yumshoq go'zalligini barcha turdagi yarim ohanglar va ranglarning mutanosibligidan foydalangan holda mukammal tarzda yetkazib bergan. Orqa fonda, qalin baland bo'yli, yo’g’on tanali chinorlar gavdalangan, quyosh nurlari oltin sariq va yorqin yashil barglarda porlaydi. Yozgi shabada chinor shoxlarini ohista silkitadi. Osuda tush mahali. Faqatgina bolakay chinor ostida baliq tutish bilan band. Bularning barchasi tasvirga favqulodda haqiqat va jonlilik beradi. Asar yozgi tabiatning go’zalligini kuylaydi, tomoshabinda sokin baxt hissi paydo bo'ladi
Ish yaratilgan yil:
2002
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
54x46 cm
Ishlar seriyasi:
Manzara
Shahar:
Qo'qon
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst
-
-
Bu asar yagona nusxada
Bu asar yagona nusxada