Ish haqida
Qizil soch xonim deb nomlangan ushbu asar rassom tomonidan butunlay o’z dunyosida yashovchi ayol obrazi tasvirlanadi. Asar qahramoni jimjimador libosga burkangan, dunyoni faqat go’zalllik, yengil hayot va o’yin-kulgudan iborat deb tasavvur qiluvchi, o’ziga bino qo’ygan ayol obrazida gavdalanadi. Sochlarining noodatiy qizil rangi, libosda ishlangan bezaklar buni tasdiqlab turadi. Ammo portretda bazi detallar falsafiy mazmun beradi. Xususan, asar qahramoni boshida tasvirlangan tuxumlar hayotni bu tarzda yengil tassavvur qilayotgan xonimning aqli hali dunyoni ko’rmagan, ochib chiqishga ulgurmagan qush tuxumlarichalik emas deya solishtirma o’xshashlikni keltiradi. Qizil sochlar orasida ko’zga tashlanuvchi oq tolalar hayot abadiy emasligi, bu zaylda yengil hayot mazmunsiz umr kechirish bilan barobar ekanligini eslatib turadi.
Ish yaratilgan yil:
2023
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
60x60
Ishlar seriyasi:
Portrait
Shahar:
Toshkent
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst
-
-
Bu asar yagona nusxada
Bu asar yagona nusxada