Qizil suv sharsharasi
  • Moy bo'yoqlari, xolst
  • Ijodkor
  • Ramka
    Mavjud
  • O'lcham
    100x140 cm
  • Narx
    10,800,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Bir qarashdayoq bu kartinada rassom jonli tabiatni bor go’zalligini shu asarda jo qilganini ko’ramiz. Ranglar o’zaro uyg’un, toshlardan oqayotgan suv shiddati pastki qismdagi ko’piklar orqali ochib berilgan. Xarsangtoshlarning yuqorisida o’sgan daraxt orqali hayotning jonlanishini, yashash ishtiyoqini his qilishimiz mumkin. Kartinada tasvirlangan sharsharaning o’ziga hos tarixi ham bor. Bizga ma’lumni Chor Rossiyasi Turkiston hududiga Qozog’iston orqali qalin o’rmonlar va tog’lar oralab kirib kelgan. O’sha vaqtlarda qishloq aholisi dushman bostirib kelgani uchun yosh qizlarni himoya qilish maqsadida tog’li tepalik yonidan o’tgan soyga yashirishadi. Jang vaqtida ayrim jasadlar soyga tushadi va qizlar soydagi qonni ko’rib qoladi. Ota va akalaridan ayrilib qolishdan qo’rqqan qizlar shovqinidan tog’ larzaga keladi va qizlarni ustiga qulaydi. Dushman ustidan g’olib kelgan yigitlar qizlarni olib ketishga boradi. Afsus qizlardan birontasi qolmagan edi. Shu sabab qizilsuv soyi, qizilsuv qishlog’i, qizilsuv sharsharasi nomi paydo bo’lgan. Kartinada aynan shu sharshara gavdalantirilgan.
  • Ish yaratilgan yil:

    2016

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Ramka

  • O'lcham:

    100x140 cm

  • Ishlar seriyasi:

    Manzara

  • Shahar:

    Toshkent

  • Toifa va usul:

    Moy bo'yoqlari, xolst

  • ico
    Taniqli rassom
  • ico
    Qayta sotuv
    Bu ish yagona nusxada sotiladi
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q