Qizil yolli ot
  • Moy bo'yoqlari, xolst
  • Ijodkor
  • Ramka
    Mavjud
  • O'lcham
    80x40
  • Narx
    12,000,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Maishiy janrda ishlangan ushbu kartina bugungi kunda insonlar uchun eng muhim narsa hisoblangan tezlik va shiddatni ifodalagan. Rassom asarda tezlik timsoli bo’lgan tulpor va zamonaviy texnika hisoblangan tezyurar poyezni go’yo yonma- yon musobaqa o’ynayotgandek g’ayrioddiy tasvirlagan. Poyezdning old qismi qora va qizil rangda ekanligi, unga o’zgacha chiroy va salobat bergan. Poyezd relsi rasmni ikki qismga ajratadi: yuqorida keng va qurg'oqchil dalalarni kesib o'tayotgan bug' lokomotiv o’zining orqasidan qora tutunlar qoldirib, olg’a harakatlanib borayotgan holati bo’lsa, quyi qismda o’zining yorqin, qizil yollarini shamolda o’ynatib yugurayotgan tulpor tasviri aks etgan. Ulug’vorlik, shijoat, vafo timsoli bo’lgan ot har qanday texnikadan ustunligini tezyurar yonida ham “isbotlagan”. Ko'ndalang yo'nalishda kengayib borayotgan tutun tasviriy kompozitsiyani yanada jonli ifodalab, go’yo yomg'irli, bulutli osmonga qo'rg'oshinning kulrang to’plarini yasayotgan taassurot qoldiradi tomoshabinda. Tabiat manzarasi ham jonli va yorqin ranglar asosida tasvirlangan bo’lib, yo’l yoqasida yashillikka burkangan baland daraxtlar yakka- yakka qad rostlab turibdi. Yon- atrofning bir qismi jigarrang va yashillikka burkangan bo’lsa, boshqa tarafi toshloq va quruq dalalardan iborat. Tomoshabin kartinani tomosha qilar ekan, ijodkor aytmoqchi bo’lgan tezlik bilan o’tayotgan hayotni qizil poyezd vagonida o’tirib kuzatayotgandek his etishi shubhasiz.
  • Ish yaratilgan yil:

    2021

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Ramka

  • O'lcham:

    80x40

  • Ishlar seriyasi:

    Maishiy

  • Shahar:

    Samarqand

  • Toifa va usul:

    Moy bo'yoqlari, xolst

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q