Ish haqida
Ushbu kartinada mashhur Registon maydoni tasvirlangan. Registon qadimdan shaharning markazi hisoblangan. Rassom asarda maydonning doimiy old fasad ko’rinishini emas, chap yon qism- Ulug’bek madrasasi me’moriy obyekti tomonidan tasvirlaydi. Kompozitsiyada issiq quyosh nurlari ostida binolar orasidagi kichik yo’lak ko'rinishi ochiladi. Bu esa manzaraning juda g'ayrioddiy, o'ziga xos, yorqinligini ta’minladi. Issiq bo'lishiga qaramay, maydonda odamlar ko’rinadi. Rassom mahoratidan tug‘ilgan rang-baranglik, obyektlarning mohobati va obrazlarning jonliligi, nur-soya o’yinlarining mahorati ushbu turkummdagi kartinalar uchun yangilik bo’ldi. Obyektlar perspektiv va arxitekturaviy yechimi mukammal tarzda namoyon qilingan. Muallif kompleks binolarining kaloritida yorqinlikka murojaat qildi. Asarda aynan ranglar uning mazmunini ochib bera olgan
Ish yaratilgan yil:
2005
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
90x60
Ishlar seriyasi:
Manzara
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst