Shahrisabz
  • Moy bo'yoqlari, xolst
  • Ijodkor
  • Ramka
    Yo'q
  • O'lcham
    1
  • Narx
    1,200,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Kartinada Shahrisabzning eng go’zal inshoatlaridan biri Oq saroyning bizni davrimizgacha saqlanib qolgan ikki toq ustuni tasvirlangan. Ijodkor inshoatning mahobatini ko’rsatib berish uchun Oqsaroyning pastki qismida uni tomosha qilayotgan insonlarni tasvirlaydi. Bino qarshisida ular nihoyatda mayda ko’rinadi. Ulardan sal narida esa ikki inson eshak ustida o’zaro suhbat qurmoqda. Insonlar kiygan libosdan shuni anglash mumkinki, voqelik XVIII asr oxiri XIX asr boshiga oid. Asarda Oqsaroy devorlarining o’ziga hos ranglar jilosi, kufiy, suls yozuvlari, koshinkor bezaklar bilan birga islimiy va girih naqshlarning oʼzaro uygʼunligi to’laqonli ravishda ochib berilgan. Kartinada ko’rinib turgan asosiy bezak bu “qalqon” shaklidagi grih naqshlaridur. Naqshlar moviy osmon va oppoq bulutlar qurshovida binoning ulug’vorligini yanada oshirib ko’rsatmoqda.
  • Ish yaratilgan yil:

    2002

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Yo'q

  • O'lcham:

    1

  • Ishlar seriyasi:

    Tarixiy

  • Shahar:

    Shahrisabz

  • Toifa va usul:

    Moy bo'yoqlari, xolst

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q