Shahrisabz kashtachiligi asosida tikilgan yostiq jild.
  • Tabiiy ranglangan ip, surp
  • Ijodkor
  • Ramka
    Yo'q
  • O'lcham
    50x50
  • Narx
    360,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Bizga ma’lumki, Shahrisabz kashtachiligi XIX asrga kelib, o’ziga xosligi va an’anaviyligi bilan O’rta Osiyoda shuhrat qozondi. Yuqorida aynan Shahrisabz kashtachiligi uslubiga xos yostiq jildini ko’rishimiz mumkin. Yostiq jildi “iroqi” uslubida tikilgan bo’lib, unda gul bezaklari bir tekisda taqsimlangan. Kashtaning hoshiyasi to’q yashil ipak yordamida bezatilgan bo’lib, tag asos sifatida oq rangdan foydalanilgan. Asosiy bezak sifatida chinni gul tasviridan foydalanilgan bo’lib, “to’pchinni” naqshi deb yuritiladi. O’z davrida ulug’ sarkarda Amir Temur Shahrisabzga boshqa yurtlardan eng yaxshi hunarmand va naqqoshlarni olib kelgan va bu yerda naqqoshlik, o’ymakorlik, gul shakllarining tushirilishi, barg naqshlari bilan boyitilgan o’simlik shakllarini ifodalovchi naqshlar uslubi rivojlandi va xalqona shakllarni o’zida mujassamlashtirgan tasvirlar paydo bo’ldi. Ushbu yostiq jildi ham tabiiy ranglar bilan bo’yalgan shoyi ipak yordamida qo’l mehnati asosida yaratilgan bo’lib, undagi barglar va chinnigul tasviri cheksiz manzara mo’l- ko’lchilik, jo’shqinlik, bahor va hayot ramzlarini ifodalaydi.
  • Ish yaratilgan yil:

    2023

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Yo'q

  • O'lcham:

    50x50

  • Ishlar seriyasi:

    Kashtachilik

  • Shahar:

    Shahrisabz

  • Toifa va usul:

    Tabiiy ranglangan ip, surp

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q