Samiyev Sherzod Bo’ri og’li 1996-yil 14 fevralda Samarqandda viloyati Tayloq tumanida tavallud topgan.
2015-2019 yillarda Kamoliddin Behzod nomidagi rassomlik va dizayn institutiga o’qishga kirdi. 2019-2021 yillarda shu institutning magistraturasiga ham taxsil oldi. Bir qator haykaltaroshlik asarlarini yaratdi. Ayniqsa 2020 yil Toshkent shahridagi Temurbeklar maktabi uchun yasalgan haykal hamda 2021 yil mustaqillikning 30 yilligiga bag’ishlab “Yangi O’zbekiston” bog’ida va “Istiqlol” majmuasi qurilishda ishtirok etishi ijodida alohida ahamiyat kasb etdi.
U yaratgan haykallar orasida “Oshiqlar”, “Anor”,”Tush” asarlari o’zining badiiy yechimi va g’oyasi bilan tomoshabinni o’ziga jalb qiladi.