img
Tohir Shaymuradov Zamonovich
Shaymuradov Tohir Surxondaryo viloyati Termiz tumani Tallimaron jamoa xo’jaligida ziyoli oilasida dunyoga kelgan. 1974-1984 yillar 12-son Yu.А.Gagarin nomli maktabni aʼlo baholarga bitirgan. 1986-1988 yillar Germaniya Demokratik Respublikasida harbiy xizmatni o’tagan. U maktabda o’qigan davrlaridan boshlab rassomchilikka qiziqqanligi uchun turli to’garaklarga qatnashib, maktab devoriy gazetalarini chiqarishda muntazam ishtirok etdi. 1990 yil Qiziriq tumani hokimiyati tomonidan o’tkazilgan “Yosh rassomlar” konkursida 1-o’rinni egalladi. 1986-1992 yillar Surxondaryo viloyat Qiziriq tumani “Madaniyat” bogʼida badiiy rassom bo’lib ishlagan. 1992-1997 yillar Toshkentdagi P.P.Benkov nomidagi rassomlik bilim yurtida “Rang tasvir” yo’nalishida, 2001 yilda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universitetining “Muxandislik grafikasi” fakultetida bakalavr, 2007-2009 yillar shu universitetning “Sanʼat” fakultetida magistratura bosqichida tahsil olgan. 1997-2004 yillarda Toshkent Davlat Texnika Universitetida “Badiiy rassom” lavozimida ishlab, 6-razryadni oldi. 2004-2005 yillarda S.Rahimov tumanidagi 326 - xalq amaliy sanʼati maktabida mutaxassis fanlardan yosh avlodga taʼlim-tarbiya berish jarayonida 2004-yil 25-aprelda o’tkazilgan shahar “Ijodkor o’qituvchi” konkursida faxrli 1-o’rinni egalladi. 2005-yil Oʼzbekiston Respublikasi Rassomlar uyushmasiga aʼzoligiga qabul qilindi. 2005-2007 yillar Toshkent shahar S.Rahimov “Qurulish va milliy hunarmandchilik” kasb-hunar kollejida talabalarga naqqoshlik fanidan dars berdi. Toxir Shoymurodov ish faoliyati davomida S.Rahimov tumanidagi 24-bolalar oʼyiga, 1-son nogiron bolalar uyiga va 196-maktabga o’nlab ijodiy ishlarini hayriya qildi. Qilgan saʼy-harakatlari evaziga ToshDTU rektorati tomonidan moddiy va maʼnaviy rahbatlantirildi. 2004 yil yanvar oyida “Ilk ijodlarim” nomli 1-shaxsiy ko’rgazmasini TDPUda, 2004 yil 29 iyulda O’zbekiston qurolli kuchlari muzeyida 2-ko’rgazmasini, 2005 yil mart oyida “Bugungi kunimiz –ertaga tarix” nomli 3-ko’rgazmasini Talabalar shaharchasida joylashgan “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazida, 2009 yil aprel oyida Toshkentning 2200 yilligiga bagʼishlab, “O’lkamni madh etib” nomli 4-ko’rgazmasini O’zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi rassomlar ko’rgazma zalida, 2016 yil “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” nomli 5-ko’rgazmasini Toshkent shahar Olmazor tumani Rayonasi hamkorligida 29-son arab tiliga ixtisoslashgan maktabda o’tkazdi. 2017 yil mart oyida Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi Аrxeologiya muzeyida “Navro’zim udumlari” nomli, 2018 yil 25 iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi Ikuo Hirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida “Ozod yurt qo’shigʼi” nomli ko’rgazmalari bo’lib o’tgan. Tohir Shaymuradov 2007-yildan Uchtepa tuman Milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejida maxsus fanlar (kompozitsiya, rang tasʼvir, chizma tasvir, ashyoshunoslik)dan dars berdi. 2010-2013 yillar Respublika rassomlik kolleji (P.P.Benkov)da rahbar movini va rang-tasvir, qalam-tasvir, kompozitsiya fanlaridan yoshlarga dars berdi. 2013 yil sentyabr oyidan “Barkamol avlod” Respublikasi bolalar o’lkashunoslik va ekologiya markazida yosh musavvirlarga o’z bilimlarini berib, hozirgi kungacha 11 nafar o’quvchilarni xalqaro konkurslarda o’rinlar olib, diplom bilan taqdirlanishida o’z ko’magini qo’shdi va yoshlarga bergan bilimlari natijasida O’zbekiston Respublikasi Xalq talimi tomonidan 2018 yil “Xalq talimi a’lochisi” nishoni bilan taqdirlandi. Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi Аlisher Navoiy nomidagi Davlat Аkademik Katta Teatrida o’z ijodiy faoloyatini yuritmoqda.
Kengaytirish Qistartirish
Rassomning ishi Sotilgan ishlar
2 Ishlar
#125
Qiz quvdi
Qiz quvdi
  • Tohir Shaymuradov Zamonovich
  • 128x72 cm
  • Maishiy
14,400,000 so'm
#126
Qizil suv sharsharasi
Qizil suv sharsharasi
  • Tohir Shaymuradov Zamonovich
  • 100x140 cm
  • Manzara
10,800,000 so'm