Turdiyev Fazliddin Panji o’g’li 1991-yil 23-mart kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tavallud topgan. Dastlab Qarshi shahridagi 35-sonli umumta’lim maktabida taxsil oldi. U yerni tugatib san’at kollejida o’qishni davom ettirdi. Rassomlikka qiziqish ijodkorda ilk maktabga qadam qo’yish vaqtlaridayoq uyg’ongan. U do’stlari, o’qituvchilari va qarindoshlari portretlarini, turli natyurmortlar va manzaralar tasvirini qog’ozga tushirishni juda yaxshi ko’rgan. Fazliddin 4-sinfda o’qib yurgan paytlari o’z bobosi va buvisi suratlarini rasmga qarab chizadi va bu barchani hayratga soladi. Ana o’sha kundan boshqab ota-onasi Fazliddinni rassomlik sohasiga bo’lgan qiziqishi jiddiy ekanligini bilishgan va bu bilan farzandlarini chuqurroq shug’ullantirishga harakat qilishgan. Turdiyev Fazliddin boshlang’ich sinfni tamomlab yuqori sinfga o’tishi bilanoq maktab devoriy gazetalarini har bir sonini chizish uning zimmasiga yuklatilgan. 2011 yil ijodkor o’z yo’lini rassom sifatida olib borish uchun Toshkentga keldi va Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik va dizayn institutiga filmning tasiriy yechimi kafedrasiga o’qishga kirdi. Aynan shu yerda o’z ijodining asl mohiyatini tashkil qilgan rassomning ichki ruhiyatini shakllantira oldi. Bunga uni shu yillar davomida qo’llab-quvvatlab, ijodiy ruhlantirgan, rassomning ijodida ideal obraz sanalgan, keyinchalik rafiqasiga aylangan ayol katta turki berdi. U ham muzeyshunos ham san’atshunos sifatida rassomning asarlarini tahlil qilar va badiiy g’oyalar asosida rassomni ruhlantirardi.
O’qishning dastlabki yillaridanoq O’zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Stsenarist va rejisser Hilol Nasimov filmlarida kino rassomi sifatida faoliyat olib bora boshladi. Rassom kino olami hamda rassomlik faoliyatini o’zaro bog’liq holatida olib borgan.
Rassom o’z asarlarida insonning his-tuyg’ulari, ularning baxt va qayg’ulari, o’y-hayollarini ifodalashga harakat qilgan. Bu asarlar orqali rassom hayotga bo’lgan ishtiyoqini oshirish, yashash hissini uyg’otish, estetik bilimni yuksaltirish hamda hissiy va intuitiv idrokni birinchi o’ringa olib chiqishni maqasad qilgan.